Yangiliklar

2026-04-18

Tozalik va Salomatlik Uchligi: 

topics-img

⚠️ Tozalik va Salomatlik Uchligi: 

Bularning farqi nima? (https://sirdaryo.sanepid.uz/)

🔶Ko'pchilik adashtiradigan uchta muhim sanitariya tadbirini qisqa satrlarda tushuntiramiz:

🟢 DEZINFEKSIYA — Mikroblarga qarshi.
Virus, bakteriya va zamburug‘larni yo‘qotadi. Maqsad: yuqumli kasalliklar tarqalishini to‘xtatish.

🟤 DEZINSEKSIYA — Hasharotlarga qarshi.
Suvarak, qandala, chivin va burgalarni yo‘qotadi. Maqsad: chaqilmagan "mehmon"lardan qutulish.

🔴 DERATIZASIYA — Kemiruvchilarga qarshi.
Sichqon va kalamushlarga qarshi kurash. Maqsad: bino va mahsulotlarni kemiruvchilar zararidan asrash.

⚠️ Xulosa: Har uchala chora ham sog‘lig‘imiz va xavfsizligimiz uchun suv va havodek zarur!

🏠 Uyingiz va ish joyingiz doimo ozoda bo‘lsin!