Yangiliklar

2026-04-17

🔶Viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida mas’ul mutaxassislar hamda tuman va shahar bo‘lim rahbarlari ishtirokida tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

topics-img

🔻Yig‘ilishda respublikada kuzatilayotgan epidemiologik vaziyat, xususan, yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar ko‘rsatkichlari atroflicha tahlil qilindi. 

Shuningdek, joylarda profilaktik ishlar samaradorligi, aholi o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot tadbirlarining tashkil etilishi tanqidiy baholandi.

📈Xususan, gepatit A va meningit kabi kasalliklarning oldini olish bo‘yicha ayrim hududlarda targ‘ibot ishlari sayoz va yetarli darajada emasligi qayd etildi.

Yig‘ilish davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun mas’ul rahbarlarning faoliyati keskin tanqid qilinib, ularga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi.

 Jumladan, ayrim rahbarlarga “hayfsan” intizomiy jazosi berildi.

Boshqarma boshlig'i tomonidan barcha hudud rahbarlariga profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, aholi o‘rtasida sanitariya-gigiyena madaniyatini oshirish, kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Ta’kidlandiki, epidemiologik barqarorlikni ta’minlash har bir rahbarning shaxsiy mas’uliyati hisoblanadi va bu boradagi sustkashlikka yo‘l qo‘yilmaydi deydi Jo'rabek Xasanov;