⁉️Sut mahsulotlari nega tez buziladi?
Ko‘pchilik sut yoki qatiq tez buzilib qolishidan shikoyat qiladi. Aslida bunga bir nechta oddiy sabablar bor.
🔥Asosiy sabablar:
📌Noto‘g‘ri saqlash harorati (muzlatkich +2...+6 °C bo‘lishi kerak);
📌idishning ochiq qolishi yoki qopqog‘ining mahkam yopilmasligi;
📌Xushbo‘y mahsulotlar bilan birga saqlash;
📌Toza bo‘lmagan qoshiq yoki idishni ishlatish;
saqlash muddatining o‘tib ketishi.
‼️E’tibor bering:
Sut mahsulotlari tez buziladigan mahsulotlar qatoriga kiradi. Ularni noto‘g‘ri saqlash oziq-ovqat zaharlanishiga olib kelishi mumkin.
✅ Unutmang!
- sutni doimo muzlatkichda saqlang;
- ochilgandan so‘ng iloji boricha tezroq foydalaning;
- har safar toza qoshiq ishlating.