📊 TIZIMDAGI MUROJAATLAR TAHLILI
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida 2026-yilning o‘tgan 3 oyi mobaynida viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasining Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalariga jami 31 ta murojaat kelib tushdi.
📝 Jumladan:
10 ta — yozma
18 ta — elektron
3 ta — og‘zaki murojaatlar
Barcha murojaatlar belgilangan tartibda mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, murojaat mualliflariga asosli javob xatlari taqdim etildi.
📌 Natijalarga ko‘ra:
19 ta murojaat qanoatlantirildi
12 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi
📈 Soha kesimidagi tahlil:
Sanitariya himoya hududlari — 7 ta
Epidemiologiya faoliyatidan norozilik — 6 ta
Mol va uy hayvonlarini boqish — 4 ta
Oziq-ovqat sifati va xavfsizligi — 4 ta
Maktab va bog‘chalar — 2 ta
Maktab va bog‘chalarda ovqatlanish — 2 ta
Emlash masalalari — 2 ta
Maishiy chiqindilar — 2 ta
Shifoxonalar sanitariya holati — 2 ta
✅ Kelib tushayotgan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, amaldagi qonunchilik talablariga asosan choralar ko‘rilmoqda.
SanEpid qo'mita Sirdaryo viloyat boshqarmasi Matbuot xizmati (https://t.me/Sirdaryo_viloyatiSEOvaJSB)