🔰Bugun Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Mavlonberdiyev boshchiligida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Sirdaryo viloyati boshqarmasida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
🔷Yig‘ilishda tizimda kadrlar salohiyatlini oshirish, yosh kadrlarni ishga jalb qilish, hududda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati atroflicha tahlil qilinmoqda.
🔶Shuningdek, mavjud muammolar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularning kelib chiqish sabablariga alohida to‘xtalib o‘tilmoqda.