🔎 Nazorat davomida bir qator jiddiy kamchiliklar aniqlandi:
sinf xonalarida sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq rioya etilmayotgani,
ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar va nazorat yetarli emasligi,
qo‘l yuvish sharoitlari talab darajasida tashkil etilmaganligi qayd etildi.
📌 Mazkur holatlar ta’lim muassasasida o‘quvchilar salomatligiga bevosita xavf tug‘dirishi mumkinligi alohida ta’kidlandi.
❗️ Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul shaxslarga:
zudlik bilan bartaraf etish,
sanitariya talablariga qat’iy rioya qilish,
nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar berildi.
⚠️Ta'lim muassasada, belgilangan sanitariya talablar o‘z vaqtida bajarilmagan taqdirda, amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘riladi.
🛡 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan bunday tanqidiy nazorat tadbirlari hududlarda davom ettiriladi.