❇️ Jumladan, Guliston shahar “Bo'ston” MFY, 4-mavze hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalari hamda pod’ezdlari o‘rganib chiqildi.
✅ O‘rganishlar davomida aniqlangan holatlardan kelib chiqib, 4-mavzedagi 12-sonli ko‘p qavatli uy yerto‘la va pod’ezdlarida kemiruvchilarga qarshi deratizatsiya ishlari amalga oshirildi.
📌 Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan:
“Bo'ston” MFY raisiga,“Istiqlol kommunal ta’mir” BSK rahbariyatiga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
🛡 Mazkur tadbirlar aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga xizmat qiladi.