Oromgoh - yozgi hamroh.
⚡️Bolalarning yozgi dam olishini tashkil etish yuzasidan o'rganish ishlar olib borildi.
Oromgoh - yozgi hamroh.
Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ularni istiqlol g‘oyalari hamda Ona vatanga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalasiga katta e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli ishlar ro‘yobga chiqarilmoqda. Hususan, bolalarni yozgi dam oldirish va sog‘lomlashtirish yo‘nalishida yangicha yondashuv joriy etilgan.
🔰
Sanepidqo'mita Xovos tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan tumandagi 1- hamda 10-maktablar qoshidagi tashkil etilayotgan yozgi sog'lomlashtirish oromgohlarida o'rganish ishlari amalga oshirildi.
🔹O'rganish tartibidan asosiy maqsad:
-yozgi ta’til kunlarida maktab o‘quvchilarini dam oldirish va sog‘lomlashtirishga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish;
-bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida tibbiy punkt tashkil etilganligini, unda tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan barcha dori-darmonlar va tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlanganligini ko'rish;
-oromgohlarda tozalikni saqlash va oziq-ovqatlarni tayyorlashda sanitariya - gigiyena me’yorlariga qat’iy rioya etilishi hamda toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanligini nazorat qilishdan iborat.
✅ Tadbiri davomida
100 tadan bola 10 dan ortiq to'garaklarga qatnashishi mumkinligi va ularga yaratilgan shart-sharoitlar o'rganildi.
Maktab o‘quvchilarini
dam oldirish va sog‘lomlashtirish uchun mas'ul shaxslarga amaliy yordam berildi va sanitariya-qoida va me'yorlari bo'yicha kerakli tavsiyalar berildi.