Yangiliklar

2026-06-03

Ogoh bo‘ling: BFQ (BAD) dori emas, u davolamaydi!

topics-img

⁉️Ogoh bo‘ling: BFQ (BAD) dori emas, u davolamaydi!

💡 BFQ nima va u nima uchun kerak?

💊BFQ — bu dori emas,balki kundalik ovqatlanish ratsioniga qo‘shimcha.Organizmni kerakli vitaminlar,minerallar va mikroelementlar bilan ta’minlashga yordam beradi.
Hech qanday kasallikni davolash xususiyatiga ega emas va dorilar o‘rnini bosolmaydi.
⚠️ BFQ qabul qilishning xavflari:
✔️Dori o‘rniga BFQ ichish orqali siz haqiqiy kasallikni o‘tkazib yuborishingiz va vaqtni boy berishingiz mumkin.
✔️Tarkibi noma’lum yoki sifatsiz qo‘shimchalar jigar va buyrak faoliyatiga jiddiy shikast yetkazadi.
🩺 Mutaxassis tavsiya etadi:
1.Sog‘lig‘ingizda muammo bo‘lsa,reklamaga emas,malakali shifokorga murojaat qiling.
2.BFQ vositalarini ko‘cha-ko‘ydan emas,faqat davlat ro‘yxatidan o‘tgan va sifat sertifikatiga ega bo‘lgan joylardan xarid qiling.

📍Ogoh bo‘ling! O‘z sog‘lig‘ingizga befarq bo‘lmang.