Yangiliklar

2026-05-08

Xotira — muqaddas, qadr — boqiy saodat!

topics-img

Bugun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasining Sirdaryo viloyati boshqarmasida o‘zgacha bir tarovat, samimiyat va shukuh hukmron.

Zotan, o‘tmishning zarhal sahifalarini bugungi kunning yutuqlari bilan bog‘lovchi, tizim ravnaqi yo‘lida umrini baxshida etgan tabarruk insonlar xonadonlarida bo'ldik.

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan soha faxriylari uchun tashkil etilgan e'tibor yuksak ehtirom va minnatdorlik ramziga aylandi.

Oppoq sochlaridagi nur, yuzlaridagi ajinlar ortida yashiringan ko‘p yillik tajriba va zahmatli mehnat yo‘li — bularning barchasi bugun yosh xodimlar uchun katta hayot maktabidir.

Ular bilan samimiy suhbatlarda o‘tmish xotiralari jonlanib, ustoz-shogirdlik an’analari yanada mustahkamlandi.

"Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘."

#Sanepid #Aholi #Salomatlik #Sanitariya #9may