Yangiliklar

2026-05-06

❗️Sanitariya qoidalariga amal qilmagan 6 ta davlat va nodavlat davolash profilaktika muassasalarining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

topics-img

❗️Sanitariya qoidalariga amal qilmagan 6 ta davlat va nodavlat davolash profilaktika muassasalarining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Bugungi kunda Sirdaryo viloyati hududida ish faoliyatini olib borayotgan 309 ta davolash profilaktika muassasalari mavjud;
ulardan 166 ta davlat muassasasi 143  tasi xususiy DPMni tashkil etadi.

🔷Mavjud 143 ta xususiy DPMlarda joriy yilning 3-oyi davomida 25 tasida profilaktik o‘rganishlar o‘tkazilgan. 

📑166 ta davlat davolash profilaktika muassasining 148 tasida sanitariya nazorat o‘tkazildi. 

 🟥Tekshirish o‘tkazish davomida aniqlangan xato-kamchiliklar bo‘yicha 6 ta davlat va nodavlat DPM faoliyati vaqtincha to‘xtatildi,  qo‘pol huquqbuzarlik sodir etgan 88 ta muassasalarga O'zbekiston Respublikasi MJTKning 53-moddasi bilan choralar ko‘rilib, 54 nafar shaxslar ishdan chetlatilgan.

(Nazorat tadbirlari davom etmoqda...)