🔰 Sirdaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi boshqarmasi tomonidan davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar salomatligini mustahkamlash, sanitariya qoidalariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida maxsus ishchi guruh o‘z faoliyatini boshladi.
🏫 Ishchi guruh tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalarida:
➖sanitariya-gigiyena holati;
➖bolalar ovqatlanish sifati va xavfsizligi;
➖ichimlik suvi ta’minoti;
➖tibbiy ko‘rik va profilaktik tadbirlar;
➖umumiy tozalik va gigiyena talablariga rioya etilishi
muntazam ravishda o‘rganilib, nazorat qilinadi.
👶 Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi — bolalar salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish hamda sog‘lom va xavfsiz ta’lim muhitini yaratishdan iborat.
📌 Sanitariya qoidalariga rioya qilish barchamiz uchun muhim vazifa hisoblanadi.
🟢 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi