Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Boyovut tuman bo‘limi ogohlantiradi!
Hurmatli tumanimiz aholisi!
Kundalik ehtiyojingiz uchun oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilayotganda nafaqat uning narxi va ko‘rinishiga, balki eng muhim omil — xavfsizligiga e’tibor bering.
🔍 Mahsulot xarid qilayotganda nimalarga diqqat qilish kerak?
Yaroqlilik muddati:
Mahsulot qadog‘idagi ishlab chiqarilgan sana va yaroqlilik muddatini albatta tekshiring.
Muddati o‘tgan mahsulot — zaharli moddalar manbai bo‘lishi mumkin!
Yorliq (Markirovka):
Mahsulot haqidagi ma’lumotlar (tarkibi, saqlash sharoiti, ishlab chiqaruvchi manzili) o‘zbek tilida, aniq va tushunarli bo‘lishi shart.
Saqlash sharoiti:
Tez buzuluvchi mahsulotlar (sut, go‘sht, qandolat mahsulotlari) maxsus sovutgichlarda saqlanayotganiga ishonch hosil qiling.
Xira va shubhali yozuvlar:
Agar mahsulot yorlig‘idagi sana o‘chirilgan yoki ustidan yangi sana yopishtirilgan bo‘lsa, bunday mahsulotni aslo xarid qilmang!
⚠️ Unutmang:
Sifatsiz va muddati o‘tgan mahsulotlarni iste’mol qilish og‘ir turdagi oziq-ovqatdan zaharlanish va parazitar kasalliklarga sabab bo‘ladi.
✅ Sizning salomatligingiz — bizning ustuvor vazifamiz!
Agar siz savdo nuqtalarida muddati o‘tgan yoki sifatsiz mahsulotlar sotilayotganiga duch kelsangiz, Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasining barcha tizimlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
SanEpid qo'mita Sirdaryo viloyat boshqarmasi Matbuot xizmati (https://t.me/Sirdaryo_viloyatiSEOvaJSB)