Yangiliklar

2026-05-05

🍬 Shakar iste’moli organizmga zarar yetishi mumkin!

topics-img

🍬 Shakar iste’moli organizmga zarar yetishi mumkin!

Bugungi kunda ortiqcha shakar iste’moli ko‘plab sog‘liq muammolariga sabab bo‘layotgan asosiy omillardan biridir. Ayniqsa, yashirin shakar (gazli ichimliklar, shirinliklar, fastfud) organizmga sezilmasdan zarar yetkazadi.
⚠️ Ortiqcha shakar nimaga olib keladi?
• Semirish va ortiqcha vazn
• Qandli diabet (2-tur) rivojlanishi
• Yurak-qon tomir kasalliklari xavfi oshishi
• Tishlar yemirilishi (kariyes)
• Immunitet pasayishi
🧠 Qanday qilib o‘zingizni himoya qilasiz?
✔️ Kunlik shakar miqdorini cheklang
✔️ Gazli va shirin ichimliklarni kamaytiring
✔️ Meva va tabiiy mahsulotlarga ustunlik bering
✔️ Mahsulot tarkibini o‘qib, yashirin shakardan ehtiyot bo‘ling
📌 Muhim eslatma: Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra, kunlik shakar iste’moli umumiy kaloriyaning 10% dan oshmasligi kerak!

Sog‘lom hayot — to‘g‘ri tanlovdan boshlanadi
SanEpid qo'mita Sirdaryo viloyat boshqarmasi Matbuot xizmati