Yangiliklar

2026-05-07

Navbatdagi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

topics-img

Sirdaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tizimida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda boshqarma rahbari Jo‘rabek Xasanov 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar bilan samimiy suhbat olib bordi.

💬 Uchrashuv davomida: 

➖ yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi
➖ sohadagi islohotlar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi
➖ yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash va malakasini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi
Rahbar yoshlarning bilim va salohiyati tizim taraqqiyotida muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, ularni yanada faol va tashabbuskor bo‘lishga chaqirdi.

✨ Uchrashuv ochiq muloqot va savol-javoblar ruhida o‘tdi. Yoshlar o‘z fikr va takliflari bilan faol ishtirok etdilar.

SanEpid qo'mita Sirdaryo viloyat boshqarmasi Matbuot xizmati