🔶 Guliston shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi entomolog vrachi hamda yordamchilari tomonidan
🔰 Navbahor MFY Bodomzor ko‘chasidagi ochiq suv havzalarida parazitar kasalliklar qo‘zg‘atuvchisi hisoblangan chivinlar va ularning lichinkalaridan namunalar olindi. Olingan chivin hamda lichinka namunalari viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Parazitologiya laboratoriyasiga topshirildi.
✅ Hududdan tutib olingan chivinlarning aniqlangan turiga qarab, kimyoviy vositalar yordamida dezinsektsiya ishlari olib boriladi.
#Sanepid #Aholi #Salomatlik #Sanitariya