Yangiliklar

2026-06-11

📌 Har payshanba – rahbar va yoshlar uchrashuvi!

topics-img

📌 Har payshanba – rahbar va yoshlar uchrashuvi!
Yangicha yondashuv – kelajakka qadam” shiori ostida bugun boshqarmada rahbariyat va yosh xodimlar ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

💻Uchrashuv davomida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, innovatsion yondashuvlar, Start-up loyihalari hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.

🔷Yoshlarning tashabbuslari, taklif va g‘oyalari tinglanib, ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

🔵Boshqarma rahbari tomonidan yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularni boshqaruv jarayonlariga kengroq jalb etish hamda sohani chuqur o‘rganishlari uchun har payshanba kuni yosh xodimlarga rahbarlik faoliyatini amaliy tarzda sinab ko‘rish imkoniyati yaratilishi ta’kidlandi.

🟢Bu tashabbus yoshlarning mas’uliyat hissini kuchaytirish, liderlik ko‘nikmalarini shakllantirish va boshqaruvning murakkab hamda mas’uliyatli jarayon ekanligini anglab yetishlariga xizmat qiladi.

Shuningdek, sanitariya sohasida har payshanba nafaqat “Yoshlar kuni”, balki “Ilg‘or yosh rahbarlar kuni” sifatida ham tashkil etilishi belgilab olindi.

✅ Yoshlarning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni kelajak rahbarlari sifatida tarbiyalash yo‘lidagi bunday tashabbuslar tizim rivoji va soha taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi.