Yangiliklar

2025-07-23

Yoz mavsumida ovqatdan zaharlanmaslik uchun nima qilish kerak?

topics-img

 

✔️ Gigiyena qoidalariga rioya qiling:
Ovqat tayyorlashdan oldin va keyin qo‘llaringizni yaxshilab yuving.
Meva-sabzavotlarni toza suvda yuvib iste'mol qiling.
Idish-tovoq va oshxona anjomlarini doimo toza saqlang.

✔️Mahsulotlarni to‘g‘ri saqlang:
Tez buziladigan mahsulotlarni faqat muzlatkichda saqlang.
Tayyor ovqatni xona haroratida 1-2 soatdan ortiq qoldirmang.
Muzlatilgan mahsulotlarni faqat sovuq suvda yoki muzlatkichda eritish tavsiya etiladi.
Go’sht va go’sht mahsulotlarini xarid qilishda yaroqlilik muddati va sifatiga ahamiyat bering.

✔️Ovqatni yetarli darajada pishiring:
Go‘sht, parranda va baliq mahsulotlarini to‘liq pishiring.
Tuxumni xom holda iste’mol qilmang.
Yaxshi pishmagan yoki xom ovqatlardan saqlaning.


✔️Ishonchli manbalardan oziq-ovqat xarid qiling:
Mahsulotlarning yaroqlilik muddatini tekshirib oling.
Uy sharoitida tayyorlangan, muzlatkichsiz sotiladigan mahsulotlarni xarid qilmang.

✔️Qaynatilgan suv iste’mol qiling:
Suvni ichishdan oldin qaynatish yoki filtrlash kerak.
Xom (qaynatilmagan) suvdan tayyorlangan muz xavfli bo‘lishi mumkin.

❗️Yuqoridagi tavsiyalarga amal qilsangiz ovqatdan zaharlanish holatiga uchramaysiz. 

Ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, ich ketishi, harorat ko‘tarilishi, holsizlik kabi holatlar sizda uchrasa zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.

#Sanepid #Sirdaryo #Sanitariya #Profilaktika #Laboratoriya #Tahlil #Salomatlik