Yangiliklar

2025-12-30

⚡️YANGI YIL BAYRAMI KUNLARIDA SOGʻLIQNI SAQLAYLIK

topics-img

⚡️YANGI YIL BAYRAMI KUNLARIDA SOGʻLIQNI SAQLAYLIK

Yangi yil bayrami arafasida aholining tibbiyot muassasalariga murojaat vajlari asosan nimalardan iborat bo‘ladi?

Jarohatlanish
Ovqatdan zaharlanish
Allergik holatlar
Shamollash

❗️Surunkali kasalliklarning avj olishi, bu kabi ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish maqsadida nimalarga e’tibor qaratish kerak❗️

🚼Jarohatlanish
Feyerverk va petardalardan umuman foylanmang (qo‘l-ko‘zga shikast, kuyish, quloqqa zarar yetkazadi).

🎄Archa va chiroqlaridan to‘g‘ri foydalaning, elektr girlyandalarni kechkurun o‘chirib uxlang (yong‘in chiqarishi xavfi yuqori).

🔥Ochiq olov — sham, pechka, mangal yonib ketishga sabab bo‘ladi, xavfsizlik qoidalariga rioya qiling.

❄️Sovuq ob-havoda mavsumga mos kiyining (uzoq vaqt tashqarida qolish sovuq urishga olib keladi).

🚦Yo‘l-transport xodisalaridan ehtiyot bo‘ling, harakat xavfsizlik qoidalariga riya qiling, tezlikni oshirmang (bayramda shoshilish, mast haydovchilar sabab avariya xavfi ortadi).

🕺Nazoratsiz o‘yin-kulgu - balandlikdan sakrash, sirpanchiqlar uchishda ehtiyot choralarini ko‘ring (tan jarohatlari, sinish-chiqish xavfi yuqori).

🫨Nazoratsiz qolgan bolalar - turli mayda jismlarni yutib yuborishi, archa o‘yinchoqlari bilan zararlanishi, yiqilish va jarohatlanishi, dori vositalarini ichib qo‘yishi mumkin.

🚧Isitish vositalaridan noto‘g‘ri foydalanish - qo‘lbola pechlardan foydalanish, gaz va isitish vositalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida is gazidan zaharlanish holatlari yuzaga keladi. 

Har qanday holatda ham xotirjam bo‘liga harakat qiling - stress, alkogol ta’sirida turli janjallar yuzaga keladi (jarohatlanish xavfi yuqori).

🤢Ovqatdan zaharlanish va allergik holatlar

🫩Ortiqcha ovqat — ko‘p va og‘ir taomlar oshqozonga yomon ta’sir qiladi.
🥗Sifatsiz yoki eski ovqat – mahsulotlar eskirgan bo‘lsa, mikroblar ko‘payib, taomni zararli qiladi. 

Go‘sht, baliq, sut va salatlarni uzoq vaqt xona haroratida saqlash ham xavfli.
🧃Sifatsiz ichimliklar – alkogolli ichimliklarni suiste’mol qilish  va qo‘lbola sharoblarni iste’mol qilish zaharlanishga olib keladi.

🥃Shakar miqdori ko‘p va gazli ichimliklar bolalarda turli allergiyalarga olib keladi, eskiligi esa zaharlanishga sabab bo‘ladi. 

🥫Konserva mahsulotlari – qopqog‘i shishib chiqqan banka konservalar, ochganda yoqimsiz hid chiqqan mahsulotlar, shubhali sharoitda tayyorlangan uy konservalarini, muddati o‘tgan konservalarni qat’iyan iste’mol qilmang, botulizm juda xavfli kasallik.

🧁Turli xil shirinliklar, shokolad, konfet va tuzli-tuzsiz qo‘shimchalarni ortiqcha iste’mol qilish yoki kimyoviy qo‘shimchalar tufayli allergik reaksiya va zaharlanishga sabab bo‘ladi.

3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga asal va uy konservalari bermang, bolalarga faqat yangi va yaxshi pishirilgan ovqat bering.

🤧Shamollash 
Sovuq ob-havoda  yengil kiyinish va uzoq vaqt ochiq havoda qolish turli shamollashlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Mavsumga mos, asosan paxta va sherst matolaridan bo‘lgan kiyimlarni kiying, ayniqsa bosh kiyim va issiq oyoq kiyim kiyishni unutmang.
Har qanday shamollash belgisi paydo bo‘lganda shifokorga murojaat qiling, o‘zboshimchalik bilan davolanmang.

Surunkali kasalliklarning avj olishi
Bayramga tayyorgarlik ko‘rish, mexmonga borish va mehmon kutish orqali dori darmonlarni o‘z vaqtida qabul qilmaslik, kun tartibini buzilishi hamda ovqatlarni pala partish va aralash iste’mol qilish orqali surunkali kasalliklarni zo‘riqishi va avj olishi mumkin.
Surunkali kasalligi bor katta yoshdagi aholi va bolalarning kun tartibiga rioya qilishi, o‘z vaqtida va to‘g‘ri ovqatlanishi, dori vositalarini o‘z vaqtida qabul qilinishini oila a’zolari nazorat qilishi lozim.
Sog‘liqda keskin o‘zgarish bo‘lsa albatta tibbiyot muassasiga murojaat qilish zarur.

Sog‘lom bayram-baxtli bayram bo‘lishi uchun e’tiborli bo‘ling


SanEpid qo'mita Sirdaryo viloyat boshqarmasi Matbuot xizmati (https://t.me/Sirdaryo_viloyatiSEOvaJSB)