Sanoqli kunlardan so‘ng har birimiz oila a’zolarimiz va yaqinlarimiz bilan birgalikda bayram shukuhi ila bezatilgan dasturxon atrofida jamlanib, kirib kelayotgan 2026 yil "Yangi yil"ni kutib olamiz.
Yangi yil oldi olib borilayotgan nazorat tadbirlari tizimli ravishda tashkil etilmoqda.Sifatli va sanitariya qoidalariga javob beradigan mahsulotlarni xarid qilsak,bu o'zimiz uchun ham,oila a'zolarimiz salomatligi uchun ham foydali ekanligini aslo unutmasligimiz darkor.
🔰Sanepidqo'mita Xovos tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan tumanda joylashgan "Xovos tuman dehqon" bozorida hamda savdo do'konlarida sanitariya o'rganish tadbirlari davom ettirilmoqda.
☑️Shu bilan birga sotuvchilarga mutaxassislar tomonidan sanitariya qoidalariga javob bermaydigan va sifati kafolatlanmagan mahsulotlar sotmasligi uchun kerakli ko'rsatmalar va tavsiyalar berildi. Agar bu kabi mahsulotlar sotilsa, inson salomatligi uchun salbiy ta'sir qilishi mumkinligi aytib o'tildi.
☑️Shuningdek, mahsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tovar raqobatbardoshligini taʼminlashning muhim sharti ekanligi ta'kidlab o'tildi.
☑️Sotuvchilarga ish joyida sanitar-gigiyenik talablarga qatʼiy rioya qilib ishlash kerakligi haqida tegishli tavsiyalar berildi.
♻️Ma'lumot uchun: o'rganishlar davomida sifati buzilgan mahsulotlar ya'ni sovuq urib isteʼmolga yaroqsiz bo'lgan mahsulotlar bozor rastalaridan olindi.
‼️ Hurmatli yurtdoshlar
♻️Yangi yil dasturxoningizga mahsulotlarning narxi baland yoki pastligiga qarab emas, sifatiga qarab xarid qiling. Zero, o'zimiz va yaqinlarimiz salomatligi o'z qo'limizda!