Yangiliklar

2025-10-22

Xovos tumanida sut va sut mahsuloti ishlab chiqarish korxonasi sanitariya talablariga amal qilmaganligi sababli, ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

topics-img

🔰Sanepidqo‘mita Sirdaryo viloyati boshqarmasi Xovos tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan xavfsiz sut mahsulotlari savdosini ta’minlash hamda aholi o‘rtasida yuqumli ichak va parazitar kasalliklarini oldini olish maqsadida tumanda joylashgan, sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash sexida MChJ rahbari xabardorligida sanitariya nazorat ishlari olib borildi.

Nazorat tadbiri davomida  sutni qayta ishlash sexida bir qator kamchiliklar aniqlandi. 

➖sexidagi pol qoplamalari sanitariya talablariga javob bermaydi, ayrim joylarda namlik va oqma suv to‘planishi 
➖sut saqlash uchun mo‘ljallangan metall idishlar va cho‘michlar yetarli darajada dezinfeksiya qilinmagan 
➖sexda ishchi xodimlar uchun ajratilgan shaxsiy gigiyena xonalari (qo‘l yuvish, kiyim almashtirish, dush) yetarli darajada jihozlanmagan va sanitar talablarga mos emasligi kabi kamchiliklar aniqlanib, bartaraf etilgunga qadar sut ishlab chiqarish sexi ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. 

🚫UNUTMANG

Sut mahsulotidan tayyorlanadigan mahsulotlar kefir, tvorog, qaymoq, suzma kabilarni ishlab chiqarish tizimi, tashish mexanizmi, saqlash sharoiti amaldagi sanitariya me’yorlari va qoidalariga rioya qilinmagan tarzda iste’molga chiqarilsa, inson salomatligiga katta zarar yetkazishi tabiiy.

 Mahsulotni yaroqlilik muddati o‘tishi, noto‘g‘ri tashilishi va saqlanishi orqali turli xil bakteriyalar rivojlanishi, inson organizmida yuqumli ichak  va parazitar kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.