Yangiliklar

2025-07-21

XOVOS TUMANIDA: Oziq-ovqat do'konlarida o‘rganish ishlari borildi

topics-img

Har qanday joydan mahsulotni sotib olishda avvalo uning iste'mol talablariga javob berishiga ahamiyat qaratish eng muhim hisoblanadi. U xoh bozorlar bo'lsin, xoh savdo do'konlari. 


❗️Ko'cha-ko'ylarda sotilayotgan mahsulotlarni xarid qilmaslik eng to'g'ri yo'ldir.

📌Xususan, Sanepidqo‘mita  Xovos tuman bo'limi tomonidan  tumandagi oziq-ovqat do'konlarida mahsulotlarning sifati va xavfsizligini ta'minlash maqsadida o'rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida ishlab chiqarilgan korxona belgisi hamda chiqarilgan sanasi ko'rsatilmagan mahsulotlarni sotuv rastalariga qo'ymasliklari, sut mahsulotlarini muzlatkichda saqlash lozimligi, quyosh tig'ida qolgan gazli ichimliklarni sotmasliklari, yaroqlilik muddati o'tgan mahsulotlarni savdoga qo'ymasliklari haqida tushunchalar berildi.

✅Sotuvchilar bilan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash qoidalariga hamda amaldagi sanitariya- gigiyena talablariga rioya etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini to'g'ri tanlash va iste'mol qilish insonning turli ovqatdan zaharlanish kasalliklariga chalinishni oldini olishning asosiy omilidir.  Bunda mahsulotning tashqi ko'rinishi, hidi, qadoqlanganligi, ishlab chiqarish sanasi va sifat belgisi borligi muhim ahamiyatga ega. 

#Sanepid #Sirdaryo #Sanitariya #Profilaktika