Hurmatli fuqarolar!
❗️Oilaviy dasturxonlar yozilishi va taomlar tayyorlanishi avj oladigan Xayit bayrami kunlarida oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va to‘g‘ri ovqatlanish masalalariga jiddiy e’tibor berishingizni so‘raymiz.
🔷 Sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish uchun tavsiyalar:
🍲 1. Taomlarni oz miqdorda va me’yorda iste’mol qiling
➖Bayram dasturxonlari to‘yimli bo‘lishi mumkin, lekin ovqatni haddan ziyod iste’mol qilish – hazm tizimiga og‘irlik qiladi.
➖Qisqa vaqtda ko‘p ovqat yeyish – uyqusizlik, qusish, ich ketish va xavfli alomatlarga olib kelishi mumkin.
❄️ 2. Tez buziladigan mahsulotlardan ehtiyot bo‘ling
🔴Go‘sht, sut, qaymoqli shirinliklar, salatlar (mayonezli) – sovutkichda saqlanishi shart.
🔴Tayyor taomlar ishlatilgandan keyin 2–3 soat ichida iste’mol qilinmasa, uni qayta isitib iste’mol qilish yoki chiqarib tashlash lozim.
🛒 3. Mahsulotlarni faqat ishonchli joydan xarid qiling
➖Bozor va do‘konlarda yillik sertifikat va sanitariya ruxsatnomasi bor-yoqligini tekshiring.
➖Ko‘chada, nazoratsiz savdo nuqtalaridan ayran, go‘ja, samsa va shirinliklar sotib olish – sog‘liqqa xavf tug‘diradi.
💧 4. Qo‘l gigiyenasiga qat’iy amal qiling
❓Taom tayyorlash, iste’mol qilishdan oldin va keyin qo‘lni sovun bilan yuvish shart.
❓Xayit kuni bolalar va kattalar orasida o‘tkir ichak infeksiyalarining oldini olish uchun tozalikga amal qilish muhim.
❌To‘g‘ri va xavfsiz ovqatlanish orqali O‘zingizni va yaqinlaringiz salomatligini asrang.