Poytaxtimizda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) “O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash strategiyasini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlash” loyihasi texnik ko‘magida O‘zbekistondagi xalqaro tashkilotlar mutaxassislari ishtirokida xalqaro loyiha va dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha gibrid formatda (onlayn/oflayn) yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda 40 ga yaqin mahalliy va xorijiy soha mutaxassislari Qo‘mita bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan taqdimotlar bilan ishtirok etdi.
Yig‘ilishdan maqsad joriy va rejalashtirilgan tadbirlar to‘g‘risida fikr almashish, dolzarb muammolar va ehtiyojlarni muhokama qilish, kelgusida hamkorlik qilish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
Shu bilan birga, Qo‘mita tomonidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarni boshqaruvini va monitoringini sifatli amalga oshirish, rejalashtirilgan loyiha va dasturlarda ko‘zlangan maqsadli ko‘rsatkichlar, vazifalar hamda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar takrorlamasligini oldini olishga qaratilgan.
Xalqaro tashkilotlar mutaxassislari ishtirokida o‘tkaziladigan xalqaro loyiha va dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha bu kabi yig‘ilishlar qo‘mitaga bir qator muhim natijalarni taqdim etishi shubhasiz.
Loyiha va dasturlarning muvofiqlashtirilishi, hamkorlik va ko‘maklashish, strategik yo‘nalishlarni aniqlash, samaradorlikni baholash, o‘zaro tajriba almashish, moliyalashtirish va resurslarning samarali taqsimlanishi kabi jihatlar qo‘mitaning xalqaro loyiha va dasturlarni amalga oshirishdagi samaradorligini oshirishni ta’minlaydi.
Sanepidqo`mita Axborot xizmati