VPCH - bachadon bo‘yni saratoniga qarshi qo‘llaniluvchi vaksina, vaksina bilan 9-13 yoshdagi qizlar shifokor ko‘rigidan so‘ng emlanadi. Bu turdagi emlash mamlakatimizda 2019-yilda joriy qilingan.
💉Avvallari respublikamizda kuniga 2 nafar ayol bachadon bo‘yni saratoni bilan dunyodan ko‘z yumgan bo‘lsa. 2019-yilda bu kasallikka qarshi emlash joriy etilgandan so‘ng, bu bilan bog‘liq o‘lim holatlari qayd etilmasligiga erishilmoqda.
ℹ️Ma’lumot uchun, immunizatsiya tadbirlarining muntazam va samarali olib borilishi natijasida bir nechta hayot uchun xavfli bo‘lgan kasalliklar tugallanishiga erishildi.