Yangiliklar

2025-09-19

Uy sharoitida konserva tayyorlash xavflari haqida

topics-img


Aksariyat odamlar yoz faslida sabzavot, meva yoki go‘sht mahsulotlarini uzoq muddat saqlash maqsadida konserva tayyorlashni afzal ko‘radi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlari sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
🛑 Asosiy xavflar:
Botulizm kasalligi xavfi
Uy sharoitida konservalash jarayonida harorat va sterilizatsiya qoidalari buzilsa, Clostridium botulinum bakteriyasi rivojlanishi mumkin.
Bu bakteriya inson hayoti uchun o‘ta xavfli bo‘lib, hatto ozgina miqdordagi toksin ham zaharlanishga olib keladi.
To‘g‘ri saqlanmaslik
Shisha idishlarning germetik yopilmasligi, haroratning noto‘g‘ri tanlanishi yoki mahsulot tarkibida bakteriyalar qolishi tez buzilishiga sabab bo‘ladi.
Oziq-ovqatdan ommaviy zaharlanish
Bir dona konserva idishi noto‘g‘ri tayyorlansa, uni iste’mol qilgan bir nechta odam birdan zaharlanishi mumkin.
✅ Mutaxassislar tavsiyasi:
Konserva mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalardan, sertifikatlangan ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish.
Agar konserva idishi qopqog‘i shishib qolgan bo‘lsa, uni mutlaqo iste’mol qilmaslik kerak.
ℹ️ Eslatma:
Uy sharoitida tayyorlangan konservalar oshqozon-ichak kasalliklari va botulizm xavfini oshiradi. Shu sababli, aholini faqatgina xavfsiz, sifatli va nazoratdan o‘tgan mahsulotlardan foydalanishga chaqiramiz!