Yangiliklar

2025-04-15

Umumiy ovqatlanish shoxobchalarida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish – iste’molchilarning salomatligini ta’minlash, oziq-ovqat orqali yuqadigan kasalliklarning oldini olish va xizma

topics-img

👩🏻‍🍳 Xodimlarning shaxsiy gigiyenasi:
➖Ishga kirishdan oldin va har safar hojatxonadan chiqqach, qo‘llar iliq suv va sovun bilan yuvilishi shart.
➖Tirnoqlar toza, kalta qilib kesilgan bo‘lishi kerak.
➖Sochlar to‘plangan va bosh kiyimi (shapka yoki sochiq) bilan yopilgan bo‘lishi kerak.
➖Bevosita ovqat bilan ishlovchi xodimlar sog‘lom bo‘lishi zarur (nafas yo‘llari, teri yoki ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarisiz).
🍽 Jihozlar va idish-tovoqlarning tozaligi:
➖Pishirish, kesish, saqlash uchun ishlatiladigan barcha jihozlar (pichoqlar, taxtalar, qozonlar) har foydalanishdan oldin va keyin yuvilishi kerak.
➖Xom va pishgan ovqatlar uchun alohida idishlar va jihozlar ishlatilishi lozim.
➖Idish-tovoqlarni dezinfeksiya qilish uchun maxsus vositalar qo‘llaniladi.
🥗 Mahsulotlar bilan ishlash:
➖Mahsulotlar yaroqlilik muddati va saqlash shartlariga rioya qilingan holda ishlatilishi kerak.
➖Xom go‘sht, baliq va sabzavotlar alohida joyda tozalanadi va saqlanadi.
➖Muzlatilgan mahsulotlar to‘g‘ri haroratda (odatda -18°C dan past) saqlanishi kerak.
🍲Ovqat tayyorlash va saqlash:
➖Tayyor ovqatlar sovib qolmasdan, 60°C dan past bo‘lmagan haroratda saqlanishi yoki iloji boricha tezda iste’molchilarga yetkazilishi kerak.
➖Sovutiladigan ovqatlar 4°C dan past haroratda saqlanishi shart.
➖Sanitariya qoidalariga muvofiq ovqatlar to‘g‘ri qoplangan va belgilangan vaqtda iste’molga yaroqliligi tekshirilgan bo‘lishi lozim.
🚿Xonalar va uskunalarning gigiyenasi:
➖Oshxona, ombor, sovutgich, hojatxona va boshqa xonalar muntazam tozalanadi va dezinfeksiya qilinadi.
➖Ventilyatsiya tizimi to‘g‘ri ishlashi, ortiqcha hidlar va bug‘lar yo‘qligi kerak.
➖Qurt-qumursqalar, kemiruvchilarga qarshi profilaktika va dezinfeksiya ishlari o‘z vaqtida olib borilishi lozim.