Yangiliklar

2025-05-27

Trans yog'lar nima?

topics-img

Trans yog'lar nima?

Trans yog'lar o'simlik moylaridan gidrogenlash jarayonida olinadigan qattiq yog' massasi hisoblanadi. Suyuq o'simlik moylari yuqori haroratda vodorod pufakchalari bilan to'yingan bo'lib, natijada trans yog'li kislotalar yoki buzilgan, to'yinmagan yog'li kislotalar hosil bo'ladi. O'simlik yog'ini sun'iy qayta ishlash tufayli uning molekulalarining taxminan 30% qismi trans-izomerlarga aylanadi. Vujudga kirgandan so'ng, bunday molekulalar foydali yog' kislotalarini hujayra membranalaridan siqib chiqaradi, fermentlarni bloklaydi va shu bilan hujayralarning to'g'ri ovqatlanishini buzadi. 
Trans yog'lar ko'pincha quyidagi oziq-ovqat mahsulotlarida uchraydi:

Qovurilgan taomlar: kartoshka fri, qovurilgan tovuq, ko’chalarda pishirib sotiladigan perojki va boshqa chuqur yog'da qovurilgan yeguliklar.

Pishiriqlar va shirinliklar: Paketlangan pechenyelar, kekslar, piroglar va boshqa sanoat usulida tayyorlangan shirinliklar.

Margarin va qisman gidrogenlangan yog'lar: Ushbu mahsulotlar ko'pincha pishirishda ishlatiladi va trans yog'larni o'z ichiga oladi.

Fast-fud mahsulotlari: Burgerlar, pitsa va boshqa tez tayyorlanadigan ovqatlar trans yog'larni o'z ichiga olishi mumkin.

Trans yog'larni ko'p iste'mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va boshqa sog'liq muammolariga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, ushbu turdagi oziq-ovqatlarni iste'mol qilishni cheklash tavsiya etiladi.

O’zingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq bo’lmang!