🔰"Aholi o'rtasida ovqatdan ommaviy zaharlanishlar bilan bogʻliq epidemik vaziyat hamda yuqumli kasalliklarni oldini olish borasida" kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar ijrosini ta'minlash maqsadida Oqoltin tumani hududidan o'tuvchi katta yo'l yoqalarida noqonuniy "Andijon muzqaymog'i" savdosi bilan shug'ullanuvchi fuqarolar faoliyatiga chek qo'yildi.
☑️Yo‘l yoqasida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sanitariya talablariga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Chunki, oziq-ovqat tarkibidagi oqsil, yog‘, suv, vitamin va uglevodlar mikroblarning ko‘payishi uchun juda qulay muhit hisoblanadi. Hozirgi issiq ob-havo sharoitida yo‘l yuzida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifati tez buziladi. Bir qarashda xavfsiz ko‘ringan mahsulotlar turli xildagi zaharlanishga, buning natijasida organizmning kuchli suvsizlanishi, holsizlik, isitma va qayt qilishga sabab bo‘lishi mumkin.
⁉️Yo‘l yuzida duch kelgan joyda oziq-ovqat mahsulotlari sotish aholining transport vositalari yoki piyoda harakatlanishi uchun sezilarli darajada noqulaylik keltirib chiqaradi.
⚡️Shu sababli, sotuvchi va fuqarolarga yo‘l yuzida duch kelgan joyda emas, balki o‘zlariga yaqin bo‘lgan hududdagi bozor rastalarida savdo faoliyatini olib borishlari tavsiya etiladi.
‼️Sanepidqo‘mita Sirdaryo viloyat boshqarmasi Oqoltin tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Toshkent-Termiz yo‘lida belgilanmagan joyda sanitariya talablariga zid ravishda sotilayotgan muzqaymoqlar savdosi bartaraf etildi.
🔹Shuningdek, belgilanmagan joyda muzqaymoq sotayotgan fuqarolar bilan aholiga noqulaylik keltirmaslik va sanitariya talablariga zid ravishda yo‘l yuzida savdo faoliyatini olib bormaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.