Yangiliklar

2025-09-26

Teri leyshmaniozi O'zbekistonda uchrab turadi va o'limga sabab bo'lmaydi 

topics-img

▶️ #Rasmiy


Leyshmaniozlar – odam va hayvonlar orasida uchraydigan chivinlar chaqishi orqali yuqadi.

📝 JSSTning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, har yili leyshmanioz kasalligi bilan yer yuzida yashovchi bir milliondan ikki milliongacha aholi zararlanadi.

O‘zbekistonning qator viloyatlarida teri leyshmaniozlarning tabiiy o‘choqlari mavjud. Har yili Sanepidqo‘mita mutaxassislari tomonidan dezinseksiya va deratizatsiya ishlari olib borilmoqda.


📊Shu jumladan, Surxondaryo viloyatida joriy yilning 2025-yilning 8 oyida teri leyshmaniozi bilan kasallanish  2024-yilga 22 foizga kamaygani kuzatilmoqda.

Teri  leyshmaniozidan o'lim holati kuzatilmaydi. Yaralardan chandiq qoladi.
 

‼️Bu kasallikni oldini olish uchun bemorlarni alohidalash, ularni o‘z vaqtida to‘liq davolash zarur.

Shu bilan birga, kasallikni tarqatuvchi iskabtoparlarga qarshi dezinseksiya ishlarini olib borish, 

✅ ular ko‘payadigan loyli paxsa devorlar, molxonalar, chiqindilar to‘plangan joylarni doimo zararsizlantirish ishlarini olib borish kerak.
✅ Iskabtoparlar chaqishidan himoyalanish uchun derazalarga 

🟢 to‘r-setkalar tutish, 
🟢raptorlardan foydalanish, 
🟢 kechki oqshom vaqtida yengi uzun, yopiq kiyimlarni kiyish zarur. 

🟢 Cho‘l-dasht hududlarning aholiga yashash joylariga yaqin joylarida kemiruvchi hayvonlar va katta qumsichqonlari inlarini yo‘qotish,

🟢 sanitariya-obodonlashtirish ishlarini o‘tkazish. 

🟢 Kasallik belgilari aniqlansa darhol dermatolog shifokorlarga murojaat qilish zarur.