Tadbirkorlar uchun muhim seminar tashkil etildi
Ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda umumiy ovqatlanish ob’yektlarida sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida Viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida tadbirkorlar uchun seminar o‘tkazildi.
Seminarda:
🔹 Ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash
🔹 Xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibi
🔹 Dezinfeksiya va dezinseksiya ishlarini tashkil etish
🔹 Ovqatdan zaharlanish holatlarining kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish choralari
🔹 Huquqiy talablar va javobgarlik masalalar bo‘yicha batafsil tushuntirildi.
Ta’kidlandiki, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash — nafaqat nazorat organlarining, balki har bir tadbirkorning ham ustuvor vazifasidir.
Boshqarma tomonidan bu kabi profilaktik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.