Yangiliklar

2026-02-17

Biologik qo‘shimchalar haqida bilasizmi?

topics-img

💊 Biologik qo‘shimchalar haqida bilasizmi?

Biologik qo‘shimchalar (BQ) — bu organizmni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘llaniladigan vitaminlar, minerallar, o‘simlik ekstraktlari, probiotiklar va boshqa foydali moddalardan iborat vositalardir.

🔹 Ular immunitetni mustahkamlashga, vitamin yetishmovchiligini bartaraf etishga va umumiy sog‘liqni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.
🔹 Biroq, biologik qo‘shimchalar dori vositasi emas va doimiy davolash o‘rnini bosa olmaydi.

⚠️ E’tibor bering:
— Dozasini oshirmang
— Faqat ro‘yxatdan o‘tgan mahsulotlarni tanlang
— Shifokor tavsiyasiz qabul qilmang
— Surunkali kasalliklar yoki homiladorlik davrida albatta mutaxassis bilan maslahat qiling

📌 Eng muhimi: biologik qo‘shimchalarni faqat tibbiy ko‘rikdan so‘ng va shifokor tavsiyasiga muvofiq qabul qiling.

#BiologikQoshimchalar #SoglomTurmush #Profilaktika #Immunitet #JamoatSalomatligi