Yangiliklar

2026-02-26

Matbuot anjumani

topics-img

Boshqarmada korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi viloyat boshqarmasi hamda tuman-shahar mas’ullari, ommaviy axboot vositalari, jurnalist va faol blogerlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida tizimda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, ochiq va shaffof faoliyat yuritish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Ochiqlik va shaffoflik — ishonch garovi!