Yangiliklar

2025-04-28

Suv orqali yuqadigan kasalliklar haqida bilasizmi?

topics-img

Jahon Sogʻliqni saqlash tashkilotining ekspertlari dunyodagi barcha kasalliklarning 80 foizi ifloslangan suv orqali yuqishini aniqladilar.

Suvning kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar bilan zararlanishi qorin tifi, dizenteriya, vabo, virusli gepatit A kabi bir qator yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sabab boʻlishi mumkin.

Oʻtkir ichak infeksiyalari – patogen enterobakteriyalar, shartli patogen qoʻzgʻatuvchilar va viruslar chaqiradigan, oshqozon-ichak traktining zararlanishi, intoksikatsiya, degidratatsiya (suvsizlanish) hamda turli asoratlar bilan kechadigan kasalliklardir.

❗️Bu kabi xavfli infeksiyalar bilan zararlanmaslik uchun:

- faqat qaynatilgan va sifati kafolatlangan suv ichish

- maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablar, dam olish joylari, umumiy ovqatlanish obyektlarida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish uchun barcha sharoitlarni yaratish

- ovqatlanishdan oldin va hojatdan keyin qoʻlni sovunlab yuvish

- taomlarni tayyorlash va saqlash jarayonlarida sanitariya-gigiyena qoidalarga rioya qilish

- ichak infeksiyalarini tashuvchi pashshalarga qarshi kurashish

- faqat ruxsat etilgan suv havzalarida choʻmilish

Bundan tashqari, tez-tez shifokor ko'rigidan o'tish tavsiya etiladi.

O'zingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq bo'lmang!
🌐 Bizni kuzatishda davom eting!