Grippdan qanday saqlanish kerak?
- Qo‘llarni tez-tez sovunlab yuving.
- Odam gavjum joylarda niqob taqib yuring.
- Xonalarni har kuni shamollating.
- Sog‘lom ovqatlaning, meva-sabzavotlarni ko‘p iste’mol qiling.
- Yetarlicha dam oling, ko‘p uxlash immunitetni mustahkamlaydi.
- Eng muhimi — grippga qarshi emlash oling! Vaksina kasallikka qarshi eng ishonchli himoyadir.