Viloyat hokimligi hamda San-epid qo‘mitaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi mas’ullari, hamkor tashkilot xodimlar ishtirokida 206 ta davlat bog'chalar faoliyati o‘rganilmoqda.
Tekshirishlar davomida bazi DMTT, bolalarga yaratilgan shart-sharoitlarning sanitariya holati qoniqarsiz ekanligi aniqlandi.
🚫Natijaga ko‘ra; rejali hamda rejadan tashqari tekshirishlarda;
➖ kir yuvish xonasidagi jihozlar nosozligi
➖ bolalar shaxsiy gigienasiga uchun sharoitlar yetarli emasligi
➖ hamshiralar tomonidan yuritilishi kerak bo'lgan tibbiy hujjatlar (brokeraj hamda ertalabki filtiratsiya)ni to'liq yuritilmaganligi
➖xojatxonalarda yetarli sanitariya gigienik vositalar bilan ta'minlanmaganligi
➖guruhlardagi qo'l yuvish jihozlari, suv bilan ta'minlanmaganligi
➖bakteriologik laboratoriya uchun olingan taxlil natijalari talabga javob bermasligi kabi kamchiliklar aniqlandi.
📑Tekshirishlar davomida sanitariya norma va me’yor qoidalariga amal qilmagan 149 nafar aybdor shaxslarga nisbatan 350 222 000 so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.
🚫Yodda tuting
Bolajonlar tavallud ayyomi uchun tez buzuluvchi kremli konditer mahsulotlari hamda rangli suvlar bog'chalarga kiritilishi soha xodimlar tomonidan taqiqlangan bo'lsa-da bunday holatlar hududlarda, davomli davom etmoqda.
Yuqoridagi mahsulotlarni noto'g'ri saqlash, bolalar o'rtasida o'tkir ichak infeksiyalari tarqalishiga olib kelishini unutmang.
#Sanepid #Bolalar #Salomatlik #Sanitariya #Qonun