#Sirdaryo_tuman
SIRDARYO TUMANIDA SANITARIYA TALABLARIGA AMAL QILMAGAN XUSUSIY STOMATOLOGIYA FAOLIYATI VAQTINCHA TO‘XTATILDI
🔷Sanitariya-epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi Sirdaryo tuman bo‘lim xodimlari tomonidan Bahor mahallasi O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan "Stom Sadaf" MCHJda sanitariya nazorati olib borildi.
Nazorat davomida dezinfeksiya va sterilizatsiya ishlari tekshirildi.
➖Sterilizatsiya uchun avtoklav, quruq havo sterilizatori yoki boshqa tasdiqlangan uskunalar bo‘lishi;
➖Bir martalik ishlatiladigan asboblar ishlatilgandan so‘ng darhol yo‘q qilinishi holati nazorat etildi.
➖Tibbiyot xodimlari maxsus tibbiy kiyim va poyabzalda ishlashi, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
‼️Tekshirish vaqtida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan MCHJ rahbariga tegishli ko‘rsatmalar berilib, kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ish faoliyati to‘xtatildi.
Bizni kuzatishda davom eting!