Umumta’lim maktablarida maktablarni saqlanishi va o‘quvchilarni o‘qitilishiga qo‘yiladigan sanitar epidemiologik talablar (SanPiN № 0341-16) ga muvofiq sinf xonalaridagi parta stol-stullar quyidagi tartibda joylashtirilishi kerak
👉 2 o‘rinli stollar qatoridagi masofa 60 sm dan kam bo‘lmasligi kerak;
👉 Parta qatorlari bilan tashqi devor orasidagi masofa 50-70 sm;
👉 Parta qatorlari bilan ichki devor, to‘siq, shkaf orasidagi masofa 50 sm;
👉 Oxirgi parta bilan devor orasi 70 sm;
👉 Doska bilan birinchi parta orasi 240 sm;
👉 Doska bilan oxirgi parta orasidagi masofa 860 sm;
👉 Doskani pastki tomoni bilan pol orasidagi masofa 70-90 sm bo‘lishi kerak.