Yangiliklar

2025-04-07

Shaxsiy gigiyena — Sog‘lom hayot kaliti!

topics-img

Tozalik — salomatlikning birinchi qadami. Har kuni oddiy gigiyena qoidalariga amal qilish orqali kasalliklardan himoyalanib, hayot sifatini oshirish mumkin.

Nega shaxsiy gigiyena muhim?
✅ Yuqumli kasalliklarning oldini oladi
✅ Nafas olish yo‘llari, teri, og‘iz bo‘shlig‘i salomatligini saqlaydi
✅ Odamlar bilan muloqotni osonlashtiradi
✅ O‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi

Asosiy gigiyena odatlari:
🖐 Qo‘l gigiyenasi:
🔹 Har ovqatdan oldin va keyin
Tashqaridan kelgach
🔹Hojatxonadan chiqqach
❗️Sovun va iliq suv bilan qo'l yuvish muhim

🪥 Og‘iz gigiyenasi:
🔸 Tishlarni kuniga 2 marta yuvish
🔸 Har 6 oyda stomatolog ko‘rigidan o‘tish
🔸 Og‘izni toza tutish og‘iz hidining oldini oladi

🚿 Tana gigiyenasi:
💠 Haftasiga kamida 3-4 marta dush qabul qilish 
💠 Ortiqcha ter va iforlarni bartaraf etish
💠 Sochlarni toza saqlash

✂️ Soch va tirnoq parvarishi:
Tirnoqlarni muntazam qilib olish
Sochlarni tartibda saqlash
Gigiyenik vositalarni (taroq, tirnoq qirqgich) boshqalar bilan bo‘lishmaslik

🧴 Kiyim-kechak gigiyenasi:
Har kuni toza ichki kiyim kiyish
Sportdan keyin kiyimlarni almashtirish
Oyoq kiyim gigiyenasiga e’tibor berish

Yodda tuting:
✨ Tozalik — bu faqat tashqi ko‘rinish emas, balki salomatlik, madaniyat va hurmat belgisi!