#press_tur
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining Sanitariya gigiyena laboratoriyasida "Osh tuzi" sifat tahlili jarayonlari yuzasidan Press-tur tashkil etildi.
Tadbirdan maqsadi-Aholi kundalik iste’mol qiladigan mahsulotlar, ayniqsa osh tuzi, sog‘liq uchun bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Shuning uchun uning sifati, tarkibidagi yod miqdori va xavfsizligi doimiy nazoratda bo‘lishi shart.
Aynan bugun ushbu jarayonlarni ommaviy axborot vositasi xodimlari, jurnalist va blogerlar, matbuot kotiblari bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Maʼlumot o‘rnida: Yodlangan osh tuzi yetarli iste’mol qilinmaganda qalqonsimon bez muammolari, ayniqsa bolalarda aqliy rivojlanishda orqada qolish kuzatiladi.
⚡️Laboratoriya imkoniyatlari haqida
Sanitariya-gigiyena laboratoriyamiz zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Har kuni o‘nlab mahsulot namunalari, jumladan, osh tuzi kimyoviy va fizik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahlil qilinadi.