Yangiliklar

2025-05-21

"Sanepidqo‘mita" Sirdaryo viloyati boshqarmasi ogohlantiradi! 

topics-img

🔴Umumta’lim muassasalarida ruxsat etilmaydigan 38 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va taomlari bilan savdo qilish qat’iyan taqiqlanadi.

Qonunbuzilish holatlari yuzaga keltirish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 53-moddasi bilan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 20 baravarigacha jarima jazosi qo‘llaniladi.

⁉️Guruhli ovqatdan zaharlanish holatlarida Jinoyat kodeksining 257-1-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganda bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘zingiz va o‘zgalarni hayotini xavf ostiga qo‘ymang!