Yangiliklar

2025-08-18

Qrim-Kongo gemorragik isitmasi nima?

topics-img

Qrim-Kongo gemorragik isitma virusi kana chaqishi bilan yuqadigan odamning oʻtkir yuqumli kasalligi hisoblanadi. Asosan choʻl zonalarda kuzatiladi.

❗️ Kasallik yuqtirmaslik uchun quyidagi qoidalarga qatiy amal qilish lozim:

1️⃣ Tabiat qo‘ynida dam olish yoki xo‘jalik ishlarini bajarish uchun chiqqanda kanadan himoyalanish choralarini ko‘ring.  

2️⃣ Chorva va uy hayvonlariga kana yopishganligini aniqlangan hollarida uni qo‘l bilan olib tashlashga yoki qaychi bilan kesishga harakat qilmang;

3️⃣ Qirqim mavsumiga yosh bolalar va o‘smirlarni jalb qilmaslik;

4️⃣ Qirqim vaqtida faqat maxsus kiyim (qo‘lqop, yeng va poychalari mustahkam berkitiladigan shim, kamzul, rezina etik)lardan foydalanish;

5️⃣ Qirqim paytida shaxsiy gigiena qoidalariga puxta amal qilish talab etiladi.

6️⃣ Kana odam tanasiga o‘tib olganini payqab qolsangiz darhol tibbiyot xodimlariga murojaat qiling;


#Sanepid #Yuqumli_kasallik  #Sirdaryo #Profilaktika #Salomatlik #Sanitariya