🍄🟫Qoʻziqorindan zaharlanishni oldini olish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish muhim:
➖ Tanish va xavfsiz qoʻziqorinlarni yigʻish:
➖Faqat isteʼmol qoʻziqorinlarni yigʻing.
➖Agar qoʻziqorinning xavfsizligiga shubha boʻlsa, uni yigʻmang va yemang.
🍄🟫Qoʻziqorinlarni toʻgʻri tayyorlash:
➖Qoʻziqorinlarni yaxshi yuvib, pishiring. Chala pishgan yoki xom qoʻziqorin zaharli boʻlishi mumkin.
➖Qarib qolgan, chirigan yoki yetishmagan qoʻziqorinlardan voz keching.
🍄🟫 Bolalar va keksalarga ehtiyotkorlik bilan berish:
➖Qoʻziqorinni bolalar, keksalar yoki hozirgina kasallikdan chiqqanlar uchun ehtiyotkorlik bilan tayyorlash va berish kerak.
➖Bozorda tasdiqlanmagan sotuvchilardan olmang:
✔️Faqat sanitariya nazoratidan oʻtgan joylarda sotiladigan qoʻziqorinlarni xarid qiling.
❗️ Zaharlanish belgilariga eʼtibor bering:
Qusish, ich ketish, qorin ogʻrigʻi, bosh aylanishi, tana harorati koʻtarilishi kabi belgilarda darhol shifokorga murojaat qiling.
Qoʻziqorinni yigʻish va isteʼmol qilishda ehtiyot boʻlish, zaharlanishdan saqlanishning asosiy kafolatidir.
Agar biror shubha boʻlsa — qoʻziqorinni tashlab yuborgan maʼqul.
🔷Yuqoridagi koʻngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida San.epid qoʻmitaning Guliston shahar boʻlim xodimlari tomonidan markaziy dehqon bozorlarida sanitariya nazorati olib borildi.
🔶Dehqon bozori hududida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini yaroqliligi, saqlash muddati va holati oʻrganildi.
🟥Oʻrganish davomida 4 kg kelib chiqshi nomaʼlum boʻlgan qoʻziqorin mahsuloti aniqlanib, belgilangan tartibda yoʻq qilindi.