❌398 ta xususiy bog‘chalarda sanitariya tekshirishlar olib borilib, ma'muriy choralar qo'llanildi
Viloyat hokimligi hamda San-epid qo‘mitaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi mas’ullari, hamkor tashkilot xodimlar ishtirokida 398 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim (uy bog'chalari) tashkilotlari faoliyat o‘rganildi.
Tekshirishlar davomida bolalarga yaratilgan shart-sharoitlarning sanitariya holati qoniqarsiz ekanligi aniqlandi.
‼️Shuni yodda tutish kerakki, mazkur ishlab chiqarilgan sanitariya qoidalari ularning turi, tashkiliy-huquqiy va mulk shaklidan qat’iy nazar barcha maktabgacha ta’lim muassasalari uchun tatbiq etiladi. (ular xususiymi, davlatnikimi farqi yo‘q barchasiga talab bir xil).
🚫Natijaga ko‘ra; 398 ta xususiy bog‘chalardan
➖ 60 tasi oshxonasi ta’mirtalabligi
➖suv chiqmasligi
➖ qo‘l yuvish jihozlari va hojatxona unitazlari ta’mirtalabligi
➖ ishchi xodimlar va tarbiyalanuvchi bolalar belgilangan tartibda o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tmagani
➖ yotoq choyshablari eskirgan va foydalanishga yaroqsizligi
ayrim guruh xonalari va eshiklari ta’mirtalabligi aniqlanib, kamchiliklarni bartaraf etgunga qadar vaqtincha ish faoliyati to‘xtatilgan.
📑Tekshirishlar davomida sanitariya norma va me’yor qoidalariga amal qilmagan 329 (83%) nafar aybdor shaxslarga sud organlari tomonidan 333 480 000 so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.
❕Viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi, shahar va tuman bo‘limlari mutaxassislari tomonidan sanitariya gigiyena talablariga rioya etish bo‘yicha bir necha bor o‘quv seminari o‘tkazilishiga qaramay, bugungi kunda sanitariya-gigiyena talablarini buzilish holati qayd etilmoqda.
SanEpid qo'mita Sirdaryo viloyat boshqarmasi Matbuot xizmati (https://t.me/Sirdaryo_viloyatiSEOvaJSB)