‼️Qizamiq — bu o‘tkir yuqumli virusli kasallik bo‘lib, asosan bolalarda uchraydi. Kasallik havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi, ya’ni yo‘talish, aksirish yoki gaplashish vaqtida virus atrofdagilarga tarqaladi.
🔹 Kasallik belgilari:
➖Tana haroratining ko‘tarilishi (39–40°C gacha)
➖Burun bitishi, yo‘tal, tomoq og‘rishi
➖Ko‘z qizarishi va yosh oqishi
-3–4-kuni yuzda, keyin butun tanada toshmalar paydo bo‘ladi
❌Qizamiq — oson yuqadigan, lekin emlash orqali oldini olish mumkin bo‘lgan kasallikdir.
💉 Bolangizni o‘z vaqtida qizamiqqa qarshi emlating.
🍎 Sog‘lom turmush tarzini shakllantiring
🚫 Kasallanganlardan uzoqda bo‘lishni o‘rgating.
Sog‘lom bola — sog‘lom kelajak!