Yangiliklar

2025-07-07

PRESS-TURGA TAKLIF ETAMIZ!

topics-img

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining Sanitariya-gigiyena laboratoriyasida “Osh tuzining sifati”ni aniqlash bo‘yicha tahlil jarayonlari yuzasidan press-tur tashkil etiladi.

Mazkur tadbirda jurnalistlar, blogerlar, OAV vakillari va jamoatchilik faollari laboratoriya faoliyati bilan yaqindan tanishishadi hamda osh tuzining sifati qanday tekshirilishi bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishadi.

 Press-tur davomida real tahlil jarayonlari namoyish etiladi, mutaxassislar tomonidan intervyular beriladi.

OAV vakillarini faol ishtirok etishga chorlaymiz!

📅 Sana: 2025-yil 12-iyul
🕘 Vaqt: soat 09:30
📍 Manzil: Guliston shahar Ibn Sino 15 (3-mavze Oblses) 

Ma’lumot uchun:  Boshqarma matbuot kotibi Sarvinoz Uralova (99)470 70 19