➖Birinchi navbatda mahsulotning yaroqlilik muddatiga e'tibor berish va yaroqlilik muddati o‘tmaganligiga ishonch hosil qilish kerak.
➖Mahsulotlarni qadoqlanish holatiga qarab
Yirtilgan, shikastlangan yoki ochilgan qadoqlarni tanlamang.
➖Saqlash sharoiti va haroratiga e'tibor bering.
Muzlatilgan va sovutilgan mahsulotlar belgilangan haroratda saqlanganiga e’tibor bering.
➖Markirovkalanganligi va yorliqlari.
Mahsulot yorlig‘ida ishlab chiqaruvchi korxona, manzili, mahsulot tarkibiy qismlari, ishlab chiqarilgan va yaroqlilik muddati ko‘rsatilganligiga etibor berish kerak.
➖Hidi, rangii va tashqi ko‘rinishiga etibor berish kerak
Mahsulotning oziga xos bolmagan, hidi va ranggi ozgarmaganligiga yoki mog‘or belgilari yoqligiga etibor berish kerak.
‼️Toza va ozoda bolgan hamda sanitariya talablariga javob beradigan do‘kon yoki bozorlarni afzal biling.