❗️ O‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining oldini olish bo‘yicha mutaxassis tavsiyasi
⚠️Yoz mavsumida ichak infeksiyalari avj olishi mumkin. Kasalliklarning oldini olish uchun quyidagi gigiyenik tavsiyalarga amal qiling:
✅ Qo‘llarni toza tuting – ovqatdan oldin va hojatxonadan chiqqach, albatta, qo‘llaringizni sovun bilan yuving.
✅ Faqat ishonchli manbalardan suv iste’mol qiling – qaynatilmagan yoki noma’lum manbadagi suv ichmang.
✅ Yangi va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini tanlang – ayniqsa meva-sabzavotlarni yaxshi yuvib iste’mol qiling.
✅ Tayyor ovqatni yopiq holda saqlang – ochiq havoda uzoq vaqt turgan taomlardan saqlaning.
✅ Ko‘chada tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlariga e’tiborli bo‘ling – sanitariya talablariga mos bo‘lmagan joylardan ovqatlanmang.
📣 Eslatma: Har qanday noqulaylik – ich ketishi, qusish, isitma holatlarida darhol shifokorga murojaat qiling!
SanEpid qo'mita Sirdaryo viloyat boshqarmasi Matbuot xizmati (https://t.me/Sirdaryo_viloyatiSEOvaJSB)
🔽🔽🔽
|Veb-sayt (http://sirdaryo.sanepid.uz/) |Telegram (https://t.me/Sirdaryo_viloyatiSEOvaJSB) |Facebook (https://www.facebook.com/SirdaryoviloyatiSes/photos/pcb.303823755291898/303823011958639/?__cft__[0]=AZWMD08h3nQHI86lHQ2v8JwbZxgKdk-Bjt7SsUGjAR_E9vHpvL9jtdBB7j_3TD0KWzoNFZpGULkUFEB1mCC3lCkA9kivUnOKohpVwG_2VqGszfREOGB4UpxvJ1_PkuvM2-h8uDyIlk2a4_1asXGyJmkDE0aOQv-zQW8XryUG_JFdOA&__tn__=*bH-R) |Instagram (https://www.instagram.com/p/CdXVJhSjHx8) |You Tube (https://studio.youtube.com/channel/UCN9LIhjUamkWfrsUZxfb0Xg)