Yangiliklar

2025-09-16

😷 O‘TKIR RESPIRATOR INFEKSIYA (O'RVI) – OGОH BO'LING

topics-img

😷 O‘TKIR RESPIRATOR INFEKSIYA (O'RVI) – OGОH BO'LING!

🦠 O'RVI nima?
O‘tkir respirator infeksiyalar — burun, tomoq va nafas yo‘llarini zararlovchi virusli kasalliklar bo‘lib, gripp, paragripp, rinovirus kabi turli viruslar sabab bo‘ladi.

🤧 Asosiy belgilari:
✅ Burun bitishi yoki oqishi
✅ Yo‘tal, tomoq og‘rishi
✅ Isitma (38°C va undan yuqori)
✅ Holsizlik, bosh og‘rig‘i

🛡️ Oldini olish yo‘llari:
🧼 Qo‘llarni tez-tez yuvish va antiseptik ishlatish
😷 Ommaviy joylarda niqob taqish
🌬️ Xonalarni shamollatish va namlikni me’yorda saqlash
🥦 Vitamin va oqsilga boy ovqatlanish, ko‘proq suyuqlik ichish
💉 Shifokor tavsiya qilgan emlashlardan o‘tish

📌 Eslatma: Belgilar kuchaysa, o‘zboshimchalik bilan dori qabul qilmasdan shifokorga murojaat qiling!

SanEpid qo'mita Sirdaryo viloyat boshqarmasi Matbuot xizmati (https://t.me/Sirdaryo_viloyatiSEOvaJSB)

#Sanepid #Yuqumli_kasallik  #Sirdaryo #Profilaktika #Salomatlik #Sanitariya