O‘tkir respirator virusli infeksiyalar (O’RVI) ayniqsa kuz-qish mavsumida tez tarqaladi.
Kasallikdan himoyalanish uchun quyidagi oddiy, ammo samarali qoidalarga amal qiling.
Qo‘llarni tez-tez yuvish — sovun bilan kamida 20 soniya.
Niqob taqish — gavjum joylarda himoya vositalaridan foydalaning.
Masofa saqlash — kasallanganlardan kamida 1–1,5 metr uzoqda bo‘ling.
Xonalarni shamollatish — uy va ish joyini tez-tez havodan tozalang.
Immunitetni mustahkamlash — vitaminlarga boy meva-sabzavot iste’mol qiling, yetarlicha uxlashga va jismoniy faollikka ahamiyat bering.
Yo‘tal va aksirish odobi — og‘iz-burunni salfetka yoki tirsak bilan yoping.
Kasallangan bo‘lsangiz uyda qoling — boshqalarga yuqtirmaslik uchun.